“Manchester Siti” vingeri Jeremi Doku “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (2:0) rekord o‘rnatdi.
Belgiyalik futbolchi raqiblariga 15 marta (20 urinishdan) dribling ishlatgan - bu joriy Angliya Premyer-ligasidagi rekord ko‘rsatkichdir.
Avvalgi rekordchi “Lester” a’zosi Issaxaku Fatov edi, u noyabr oyida “Manchester Yunayted” ustidan qozonilgan g‘alabada 12 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirgan.
“Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvining taqdiri birinchi bo‘limda hal bo‘ldi: 14-daqiqada Muhammad Saloh mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqada Dominik Soboslai yakuniy natijani tabloga yozdirib qo‘ydi.













