Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Andrey Arshavin: "Andijon"ga qarshi o‘yindan qoniqdik"

Andrey Arshavin: "Andijon"ga qarshi o‘yindan qoniqdik"

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, "Andijon"ning "Zenit"-2 ga qarshi o‘yinni Rossiya futbolining afsonalaridan biri Andrey Arshavin ham bevosita stadionda kuzatib bordi.

Aytib o‘tganimizdek, u hozirda "Zenit" klubi boshqaruv raisining sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

O‘yindan keyin Arshavin "Andijon" matbuot xizmati uchun bellashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.

"O‘yindagi ustunlik to‘liq sizning jamoaningizda bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa almashtirishlardan so‘ng bizning jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. O‘zi bu kabi bahslarda, yig‘inlarda bunday bo‘lishi oddiy hol. Aynan yig‘in uchun mos va xos bellashuvlar sirasiga kiradi. O‘yindan qoniqdik.

Kubok sohibi bo‘lganinglarni olqishlayman. O‘zaro o‘yinimiz oldidan klubingiz haqida materiallarni o‘rganib chiqdik.

Hujum chizig‘idagi futbolchilaringiz ancha tezkor. Ular himoyachilarimizga bir muncha muammolar tug‘dira oldilar. Adashmasam, sizlarda o‘tgan yili rossiyalik futbolchi Luka Zgurskiy ham o‘ynagan".

Kiritildi: 12:19, 25.02.2025.
O'qildi: 1559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик