Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Angliya kubogi. "Brayton" qo‘shimcha taymlarda gol urib, "Nyukasl"ni turnirdan chiqarib yubordi

Angliya kubogi. "Brayton" qo‘shimcha taymlarda gol urib, "Nyukasl"ni turnirdan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

"Brayton" Angliya kubogining 5-raundida "Nyukasl"ni mehmonda mag‘lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning asosiy vaqtida mezbonlar safida Aleksandr Isak 22-daqiqada gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Yankuba Mente 44-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

83-daqiqada "Nyukasl" forvardi Entoni Gordon qo‘pol xatti-harakatlari uchun maydondan chetlatildi, 90+1-daqiqada "Brayton" himoyachisi Tarik Lempti ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. 90+3-daqiqada mezbonlar himoyachisi Fabian Sher tomonidan kiritilgan gol VAR aralashuvidan so‘ng ofsayd tufayli bekor qilindi.

Uchrashuvning 114-daqiqasida "Brayton" hujumchisi Denni Uelbek g‘alaba to‘pini kiritdi.

"Brayton" Angliya Kubogi chorak finalining oltinchi ishtirokchisiga aylandi - ungacha bu bosqichga "Aston Villa," "Kristal Pelas," "Preston," "Bornmut" va "Manchester Siti" chiqqan edi.

Futbol bo‘yicha Angliya kubogining chorak final bosqichiga 2 mart, yakshanba kuni qur’a tashlanadi.

Kiritildi: 22:18, 02.03.2025.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик