Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" vingeri jarohat oldi

"Yuventus" vingeri jarohat oldi

Baho:
+ | -

Fransishku Konseysauning mushaklari shikastlangan.

"Yuventus" xabariga ko‘ra, futbolchi o‘ng son mushaklarida noqulaylik sezgan. Shu munosabat bilan u bugun ertalab rentgen tekshiruvidan o‘tkazildi.

Tibbiy tekshiruvlar yarim himoyachining son mushaklari shikastlanganini tasdiqladi.

«IlBiancoNero» xabariga ko‘ra, portugaliyalikning tiklanishi uchun 10 kun kerak bo‘ladi. Bugun turinliklar A Seriyada "Verona" bilan, 9 mart kuni esa "Atalanta" bilan o‘ynaydi. "Fiorentina" bilan o‘yin 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Konseysau joriy mavsum A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:47, 03.03.2025.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик