"Roma"ning mashhur sobiq futbolchisi Franchesko Totti Karlo Anchelottining klubga murabbiy sifatida qaytmasligiga ishonmoqda.
"Roma"ga g‘alaba qozonish uchun buyuk futbolchilar va buyuk murabbiylar kerak. Men Anchelottini tayinlagan bo‘lardim, lekin u baribir kelmaydi. Gasperini yaxshi mutaxassis, lekin men undan mamnun emasman. Men de Dzerbini afzal ko‘rgan bo‘lardim, garchi bu qaysidir ma’noda xavfli bo‘lsa ham," - dedi Totti Viva el Futbol bilan suhbatda.













