Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Premyer-liganing ikki klubi "Roma" forvardini sotib olmoqchi

Premyer-liganing ikki klubi "Roma" forvardini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Bu mavsumda “Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan “Roma” forvardini Premyer-liganing ikki klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 27 yoshli Temmi Abraxam Angliyaga qaytishga tayyor, chunki unga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. London klubi rimliklarga hujumchi bo‘yicha so‘rov yubordi.

Shuningdek, futbolchiga "Everton"dan ham qiziqish borligi ma’lum bo‘lib, ular uning holatini kuzatib borishmoqda. "Milan" angliyalik futbolchini doimiy ravishda qo‘lga kiritish niyatida emas, shuning uchun u joriy mavsum oxirida o‘z klubiga qaytadi.

Taxminlarga ko‘ra, "Roma" klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladigan Abraxamni sotishni rejalashtirmoqda va undan tushgan mablag‘ni boshqa o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashga tayyor.

Temmi Abraxam bu mavsumda "Milan" safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 18:20, 05.03.2025.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик