Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Faqat Trent emas: "Real" "Liverpul"ning yana bir yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

Faqat Trent emas: "Real" "Liverpul"ning yana bir yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Trent Aleksandr-Arnoldning "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi ehtimoli haqida matbuotda anchadan beri yozishmoqda. Madrid klubi 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisi bo‘yicha kelishuvni yopishga ishonayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar"ga "qizillar"ning yana bir himoyachisi - Ibraima Konate qiziq. Bu haqda «Liverpool Confidential» nashriga tayanib, «Daily Mail» xabar bermoqda.

"Liverpul" hozircha Konate bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olgani yo‘q. 25 yoshli fransuzning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. "Real" yaqin yozda Konate bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rishi yoki futbolchini tekinga qo‘lga kiritish uchun bir yil kutishi mumkin.

Nufuzli «Transfermarkt» portali Konateni 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:22, 05.03.2025.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик