"Liverpul" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker Londonning "Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Tyerri Anri haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
"Anri - afsonaviy futbolchi. 2000 yillarda "kanonirlar" safida uning ishtirokidagi ko‘plab o‘yinlarni tomosha qilganman. "Arsenal" o‘shanda Braziliyada televizorda ko‘rsatilgan yagona jamoa edi," - deya Bekerning so‘zlarini keltiradi «Talksport».













