Yaqinda Angliya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Kristal Pelas” – “Milluoll” o‘yinida mehmonlar darvozaboni Liam Roberts to‘pni ushlab qolish uchun jarima maydonchasi tashqarisiga yugurib chiqdi va raqibining boshiga tepdi.
Jan-Filip Matetaning qulog‘i yorildi va boshidan 25 ta tikish qabul qilib oldi. "Burgutlar" hujumchisi mart oyi oxirida safga qaytishi kerak.
Angliyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uch o‘yinga diskvalifikasiyaga sabab bo‘ladi. Mamlakat futbol assosiasiyasi jazoni qoidabuzarlikka nomutanosib deb hisobladi.
Juma kuni Liam Robertsning taqiqi oltita o‘yinga uzaytirilgani e’lon qilindi.













