Rimning "Roma" klubi Italiya chempionati 28-turida "Empoli" mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Bo‘rilar" vingeri Matias Soule tomonidan 1-daqiqada kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada Artyom Dovbikka almashtirildi.
"Roma" 46 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. "Empoli" 22 ochko bilan 18-o‘rinda.













