"Barselona" vingeri Rafinya Dias Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida "Benfika"ga qarshi uchrashuvda gol urib, joriy mavsum to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Braziliyalik futbolchi o‘yinning 11-daqiqasida hisobni ochdi - bu uning joriy mavsum YECHLdagi o‘ninchi goli bo‘ldi.
Bu Rafinyani ushbu ro‘yxat peshqadamiga aylantirdi.













