Madridning “Atletiko” klubi forvardi hakamni haqorat qilgani uchun besh o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Sanksiya La Liga va Ispaniya kubogida qo‘llaniladi.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi La Liganing 27-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga (1:2) qarshi o‘yinning 88-daqiqasida qizil kartochka oldi.
Maydondan chetlatilganidan keyin Korrea hakam Kuadra Fernandesni odobsiz so‘zlar bilan haqoratladi.













