Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mbappening «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan tibbiy ko‘rik natijalari ma’lum bo‘ldi

Mbappening «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan tibbiy ko‘rik natijalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe UYEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida «Atletiko»ga qarshi uchrashuv oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. L'Équipe nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchida jiddiy jarohat aniqlanmadi.

Mbappening tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, uning Ispaniya La Ligasining 27-turida «Rayo Valyekano»ga qarshi (2:1) o‘yinda jarohat olgani bilan bog‘liq edi. Kilian Mbappe «Atletiko»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.  

Mbappe yozgi transfer oynasida «PSJ»dan erkin agent sifatida «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Hozirgi paytga kelib, u «Qirollik klubi» safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:48, 12.03.2025.
O'qildi: 2000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик