Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kunde endi "Barselona"dagi mavqeidan xavotir olmaydi

Kunde endi "Barselona"dagi mavqeidan xavotir olmaydi

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchisi Jyul Kunde o‘ng qanot himoyasida o‘ynashga o‘rganib qolgan. Avvalroq matbuotda fransuzning boshqa pozisiyada o‘ynashidan noroziligi haqida muntazam ravishda gap-so‘zlar tarqalgan edi. Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nominal markaziy himoyachi o‘ng qanot himoyasiga uzil-kesil o‘rganib olgan va bu pozisiya o‘yinchisi sifatida rivojlanishda davom etmoqchi. Qolaversa, Kunde hatto qanotda o‘ynashni yoqtiradi va dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi bo‘lishga umid qilmoqda.

Jyul Kunde joriy mavsum Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:03, 13.03.2025.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик