Sobiq ingliz futbolchisi Ouen Xargrivzning fikricha, Federiko Valverdening transferi "Real Madrid" tarixidagi eng foydali bitimdir.
Urugvaylik yarim himoyachi 2016 yilning yozida "Penyarol"dan 5 million yevro evaziga "Los-Blankos" safiga kelib qo‘shilgan edi.
O‘shandan beri futbolchi La Liga giganti safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylandi.
"Menimcha, Valverde - bu "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi transfer. Atigi 5 million yevro!", – dedi Xargrivz.













