“Roma” hujumchisi Paulo Dibala tez orada faoliyatidagi 200-golini urishi mumkin.
Payshanba kuni rimliklar Yevropa ligasining 1/8 finali doirasida safarda Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
O‘yin boshlanishidan oldin jurnalistlar argentinalik futbolchidan 200-goli haqida so‘rashgan - hozirda u 199 ta gol urgan.
“Umid qilamanki, bu o‘yinda 200-golimni ura olaman. Bu marraga erishganimiz juda yaxshi bo‘lardi, lekin keyingi bosqichga chiqish yanada muhimroq.
Gollar yaxshi, ammo jamoaviy yutuqlar ustuvorligicha qolmoqda", – dedi Dibala.













