Antoni "Betis" safida navbatdagi samarali harakatlarini amalga oshirdi.
"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan 24 yoshli vinger Konferensiyalar Ligasi 1/8 final javob o‘yinida "Vitoriya Gimaraynsh"ga (4:0) qarshi o‘yinning 58-daqiqasida gol urdi. Shuningdek, u 80-daqiqada Iskoning goliga assistentlik qildi.
Bu braziliyalikning Ispaniya terma jamoasi safidagi o‘ninchi o‘yini bo‘ldi. Uning hisobida 4 ta gol va 4 ta samarali uzatma bor.













