Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Iqtidorli hujumchi Ispaniya terma jamoasida o‘ynashni rad etdi

Iqtidorli hujumchi Ispaniya terma jamoasida o‘ynashni rad etdi

Baho:
+ | -

Avlodlari Afrikadan bo‘lgan va Ispaniyada tug‘ilgan hujumchi Assane Diao Ispaniya terma jamoasidan voz kechishga qaror qildi. U Ispaniyaning turli yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga taklif qilingan, ammo kattalar darajasida o‘z vatani Senegal uchun o‘ynashga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Diao yaqingacha Sevilyaning "Betis" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi, ammo u qishda "Komo"ga o‘tdi va u yerda Italiya chempionati oliy ligasida beshta gol urishga ulgurdi.

Hozir u o‘n to‘qqiz yoshda, sentyabrda esa yigirma yoshga to‘ladi. U Senegal terma jamoasidagi ilk o‘yinlarini shu oyda JCH-2026 saralashi doirasida Sudan va Togoga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:17, 14.03.2025.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик