Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Yamal hech qachon oq rangli mashina sotib olmasligini aytdi

Yamal hech qachon oq rangli mashina sotib olmasligini aytdi

Baho:
+-1 | -

Iyul oyida “Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal 18 yoshni qarshilaydi va shu paytdan boshlab u avtomobil boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Futbolchi Ispaniya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlaridan oldin AS nashriga intervyu berdi.

Yamal intervyuda o‘ziga “Real” asosiy rangi bo‘lgan oq rangdagi mashinani hech qachon sotib olmasligini aytdi.

– 13 iyul kuni 18 yoshga to‘lasiz. Haydovchilik guvohnomasi olish uchun harakat qilyapsizmi?
– Ha, hozirdan tayyorgarlik ko‘ryapman. Avtomaktabga bormoqchiman. Hozirgi kunda nazariy imtihonga tayyorlanyapman. Birinchi urinishdayoq imtihondan o‘ta olaman deb umid qilaman.

– Sizning yoshingizdagi yigit qanday mashinani orzu qiladi?
– Bilmadim, hozir hech qanday brend nomini aytolmayman.

– Rangi-chi? Oq bo‘lishi mumkinmi?
– Oq? Yo‘q, bu rangni tanlamasligim aniq. Nega ekanligini hamma yaxshi biladi.

Ma’lumot uchun Lamin Yamal joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol va 11 assist muallifiga aylangan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:53, 19.03.2025.
O'qildi: 4263 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.