Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Saudiya klublari Vinisius uchun 1 mlrd yevro taklif qilgani rostmi?

Saudiya klublari Vinisius uchun 1 mlrd yevro taklif qilgani rostmi?

Baho:
+1 | -

Saudiya Pro Ligasi rasmiy vakili “Real” futbolchisi Vinisius Junior bilan muzokara olib borilmagani haqida bayonot berdi. Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Saudiya klublari futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, liga rasmiylari bunday transferlarga aralashmaydi.

Avvalroq Saudiya klublari 24 yoshli braziliyalik vinger bilan uchrashgani va unga 1 mlrd yevrolik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo keyinchalik bu transfer amalga oshmadi.

Saudiya Pro Ligasi marketing kommunikasiyalari bo‘yicha bosh menejeri Muhammad Basraviy bu borada Marca nashriga quyidagilarni bildirgan:

“Bu nozik masala. Ochiq aytsam, liga sifatida biz klublarning transferlari bo‘yicha shug‘ullanmaymiz. Vinisiusni Saudiya Arabistonida ko‘rishni xohlarmidik? Albatta. Ammo biz transferlarga aralasholmaymiz, bular klublarning shaxsiy ishi”.

Ma’lumot uchun, Vinisius Juniorning “Real Madrid” bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Futbolchi joriy mavsumni La Liga va Chempionlar Ligasi kabi turnirlar g‘olibi sifatida yakunlashni maqsad qilgan. Vinger shundan keyingina o‘z kelajagi haqida o‘ylab ko‘rishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:54, 19.03.2025.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.