Tyago Motta "Yuventus"ni tark etdi.
Turin klubi Mottaning bosh murabbiylikdan ketganini rasman e’lon qildi. Jamoani Igor Tudor boshqaradi - xorvatiyalik mutaxassis dushanba kunidan boshlab "Yuventus"da ish boshlaydi.
Ayni damda “Yuventus” A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Turinliklar so‘nggi ikki o‘yinda - "Atalanta" (0:4) va "Fiorentina" (0:3)ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi.