Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Alirizo Jahonbaxsh: «O‘zbekistonni mag‘lub etib, muxlislarimizga JCH yo‘llanmasini taqdim etmoqchimiz»

Alirizo Jahonbaxsh: «O‘zbekistonni mag‘lub etib, muxlislarimizga JCH yo‘llanmasini taqdim etmoqchimiz»

Baho:
+-3 | -

Eron terma jamoasi sardori Alirizo Jahonbaxsh jarohatidan forig‘ bo‘ldi va u ertaga O‘zbekistonga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Niderlandiyaning "Xerenven" futbolchisi mazkur o‘yin arafasida Eron OAV vakillariga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Jarohatdan so‘ng maydonga qaytayotganingiz katta voqea bo‘ldi.
— Ha, jarohat sabab Qirg‘izistonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordim va Qatar hamda Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinlarda asosiy tarkibda tushmadim. Lekin hozir holatim juda yaxshi, ham "Herenven" bosh murabbiyi Henk Bryugge, ham milliy jamoa ustozi Amir G‘alinoiy men 90 daqiqa o‘ynay olishimga ishonmoqda.

— BAAni “Ozodiy”da mag‘lub etishingizga ishonganmidingiz?
— Biz kuchli jamoamiz va hozirgacha Jahon chempionati-2026 uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz mumkinligini isbotladik. BAAga qarshi o‘yinda bir taymda o‘rtacha, ikkinchi taymda esa ancha yaxshi o‘ynadik. Hatto raqib darvozasiga ko‘proq gol urish imkoniyatiga ega edik.

— Endilikda Jahon chempionati oydinlashmoqda!
— G‘alabaga erishdik, lekin hali xotirjamlikka berilishga erta. To‘liq maqsadga yetish uchun, oxirgi ikki o‘yinni formal o‘yinga aylantirishimiz uchun Tehronda O‘zbekistonni mag‘lub etishimiz kerak. Umid qilamanki, bu chorshanba kechasi sodir bo‘ladi va milliy jamoamiz muxlislari bilan katta bayram qilamiz.  

— Milliy jamoani mahalliy murabbiy bilan Jahon chempionatiga olib chiqish qanday hissiyot beradi?
— Bu shundan dalolatki, mahalliy murabbiylar ham xorijliklardan kam emas va Eron futboli rivoji uchun faol hissa qo‘sha oladi. Agar biz yosh murabbiylarga ishonch bildirsak va futbol bilimlarini kengaytirish haqida o‘ylasak, kelajakda qimmatbaho xorijlik murabbiylarga ehtiyoj qolmaydi.

— Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan taqdirda, guruh bosqichidan chiqishga va’da bera olasizmi?
— Bu butun millatning orzusi. Uni amalga oshirish uchun samarali yig‘inlar o‘tkazishimiz va dunyodagi eng kuchli jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etishimiz kerak. Mehnatsiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

— "Herenven"ga moslashib ketdingizmi?
— Ha, xudoga shukr. Hozirgacha "Zvolle" va "Tvente"ga qarshi muhim gollar urdim va bir nechta golli uzatmalar berdim. Murabbiylar ham mening o‘yinimdan mamnun, "Abe Lenstra" stadionida maydonga tushishda hech qanday muammo yo‘q.

Kiritildi: 11:07, 24.03.2025.
O'qildi: 5383 marta.
Fikrlar: 134 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик