Eron milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ro‘zbex Chashmiy BAAga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. U mazkur jarohatidan tiklanishga ulgurmadi va terma jamoa lagerini tark etdi.
Eron milliy jamoasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ro‘zbex Chashmiy hozirda u milliy jamoa vrachlari nazorati ostida maxsus mashg‘ulotlar va muolajalarni amalga oshirmoqda. U ertaga "Ozodiy"da bo‘ladigan O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.