Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Grizmanning kelajagi ma’lum

Grizmanning kelajagi ma’lum

Baho:
+ | -

Antuan Grizmann katta ehtimol bilan "Atletiko"da qoladi.

AS xabariga ko‘ra, Madrid klubi va futbolchi terma jamoalar o‘yinlaridagi tanaffus vaqtida muloqot qilib, kelasi mavsum rejalariga oydinlik kiritishga qaror qilishgan. Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, hali hech qanday rasmiy takliflar kelib tushmadi.

"Atletiko" rahbariyati futbolchiga uning 2025/26 yilgi mavsumda yordam berishiga umid qilayotganini ma’lum qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone 34 yoshli fransuzning o‘yinidan juda mamnun.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. Qayd etilishicha, Grizmanning faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlari ham bor.

Avvalroq, forvard "Los-Anjeles"ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Antuan joriy mavsum La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Kiritildi: 05:04, 27.03.2025.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик