Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 28 mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi Surxondaryoning “Surxon” klubini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlar ustunligida boshlandi va natija ham shunga yarasha bo‘ldi.
44-daqiqaga kelib Luis Kachorri hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim ham toshkentliklar ustunligida o‘tdi. 73-daqiqaga kelib Imeda Ashortia penaltidan hisobni ikkitaga oshirdi.
90-daqiqa o‘tib borayotgan pallada Kachorri dublga erishdi. Uchrashuvning eng so‘nggi daqiqasida bosh hakam “qaldirg‘ochlar” darvozasi tomon penalti belgiladi. Undan “Surxon” a’zosi Muhammadali Abdurahmonov unumli foydalandi.













