Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sergey Lushchan: "Menimcha, hisob adolatli bo‘ldi"

Sergey Lushchan: "Menimcha, hisob adolatli bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Navbahor" – "Andijon" (2:2) bellashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan qatnashdi.

- Bugungi o‘yinni shunday o‘tishini kutgandik. Menimcha, hisob adolatli bo‘ldi. Uchrashuv oxirlarida qizil kartochka oldik va gol o‘tkazib yubordik. Bu futbol. Nima ham deymiz, futbolda shunaqa vaziyatlar ham uchrab turadi.

- Muxlislarni performansi va umuman bugungi muxlislik borasida nima deya olasiz?

- To‘g‘ri, muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashadi. Lekin negativ tomonlari ham bo‘ladi. Ba’zida o‘z jamoasiga qarshi muxlislik ham qilishadi. Ammo ishqibozlarning olqishlashi ostida to‘p surish ajoyib. Lekin ba’zi futbolchilarga bu o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Bugun yigitlarga o‘zlariga kelib olishlari uchun 20 daqiqa kerak bo‘ldi. Baribir ularning qo‘llashi bizga zavq bag‘ishlaydi.

- Derbidagi o‘yin uchun rahmat. Bunday o‘yinlarni sog‘ingan edik. Har yili bosim ostida o‘ynardik. Sizni xayron qoldirdimi-yo‘qmi, "Andijon"ning iikala goli himoyachilar xatosi bilan kiritildi. Nima, bu ruhiy jihatdan o‘ziga ishonmaslik oqibatimi? Oddiy vaziyatda ikkita gol o‘tkazib yubordik?

- Biz o‘z  xatolarimiz tufayli gollar o‘tkazib yubordik. Boshqa tomondan raqib oxirgi daqiqalarda ochiq o‘yiga o‘tdi. Darvozabon agar ertaroq chiqqanida burchak to‘pi bo‘lmasligi kerak edi. O‘tgan yilgi finaldagi holat takrorlandi. Bizda bunday xatolar doim takrorlanmayapti. O‘tgan o‘yinda 3:2 hisobida yutdik. Bunday xatolar bo‘lmagan edi. Bu futbol, busiz iloji yo‘q. Ularda ikkita xato bo‘ldi, biz gol urdik. Natija adolatli bo‘ldi. Raqib tajribali edi, biz to‘pni pasdan nazorat qilmoqchi bo‘ldik.

- O‘yinni yaxshi boshlab, yomon tugatdik...

- Nimaga yomon tugatdik? Men bunday o‘ylamayman. Agar yutqazgan bo‘lganimizda ham yigitlarga rahmat aytgan bo‘lardim. Hozirgi holatimizni yaxshi bilamiz. Raqib oxirgi daqiqalarda taklif etgan o‘yini, jamoa bo‘lib hujumga o‘tishi, bunga qarshi o‘ynash qiyin. Buni iloji yo‘q, mashg‘ulotlarda bunga qarshi shug‘ullanmaymiz. Ko‘plab o‘yinchilarimiz boshqa saviyada bizga kelib qo‘shilishgan. Ularni shakllantirib borish kerak. Jamoa bor, har bir o‘yinda qo‘shib boramiz.

- Zaxiradan maydonga tushganlar o‘zini oqladimi?

- 100 foiz men o‘yindagi vaziyatga qarab o‘zgarish qilaman. Toirovni tushirdim, u yuqoridan yaxshi o‘ynay oladi. Xato standart vaziyatda yuzaga keldi. Olis burchakka yo‘naltirildi, pala-partish kiritildi. Biz hech nima qila olmasdik. Hamma almashtirishlar to‘g‘ri amalga oshirildi. Bizda oldindan o‘ylangan o‘yinchi almashtirish yo‘q. Agar o‘yinda hammasi yaxshi ketsa, umuman o‘zgarish qilmas edim.

- Azim Ahmedovni avvaliga himoyada o‘ynatdingiz. Uni markazga ko‘chirishga nima sabab bo‘ldi?

- Sababi biz maydon markazida o‘yinni boy berayotgan edik. 3 xil sxemada raqibdan kelib chiqib o‘ynaymiz. O‘tgan yili ham shunday edi. Kimdir bitta sxemada o‘ynaydi, biz 3 xil sxemada o‘ynaymiz. Ko‘rdikki, o‘rtada imkoniyatni boy berayotgandik. Shu bois Ahmedovni oldinroqqa o‘tkazdik. Azim ham, jamodaoshlari ham buni yaxshi bilishadi. Shundan keyin gol kiritdik.

Kiritildi: 05:43, 29.03.2025.
O'qildi: 632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.