Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" va "PSJ" egalari "Malaga"ni sotib olish uchun kurashmoqda

"Liverpul" va "PSJ" egalari "Malaga"ni sotib olish uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

2011 yilda fransuz klubini sotib olgan va yaqinda Portugaliyaning “Braga” klubining 21,67 foiz ulushiga ega bo‘lgan “PSJ” egalari Qatar Sports Investment Ispaniyaning La Liga 2 vakili “Malaga” klubini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.

Biroq, The Athletic xabariga ko‘ra, ularning jiddiy raqibi bor. "Liverpul" xo‘jayinlari Fenway Sports Group ham ispan klubini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ularning ustuvor yo‘nalishi "Malaga" aksiyadori Shayx Abdulla Al-Taniyning 51% ulushini sotib olishdir.

“Malaga” 42 ochko bilan La Liga 2 turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:01, 31.03.2025.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик