Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya 1-4 Fransiya
26/06 23:59 Senegal 5-0 Iroq
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama - Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya - Gana
28/06 04:30 Kongo DR - O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya - Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

Tomas Myuller "Bavariya" rahbariyatidan ranjidi

Tomas Myuller "Bavariya" rahbariyatidan ranjidi

Baho:
+ | -

Klublar o‘rtasidagi JCH-2025ning barcha ishtirokchilari singari "Bavariya" ham noodatiy shartnomaviy masalalarga duch kelmoqda. Asosiy nuqtalardan biri - shartnomasi 30 iyunda tugaydigan futbolchilar bilan bog‘liq vaziyat, turnir esa 13 iyulgacha davom etadi.

Ayni paytda myunxenliklar safida shartnomasi yakunlanayotgan 4 nafar futbolchi bor: darvozabon Sven Ulrayx, himoyachi Erik Dayer, hujumkor futbolchi Leroy Sane va klub afsonasi Tomas Myuller. Turnirda ishtirok etish uchun ular "mini-uzaytirish" shartnomalarini imzolashlari kerak bo‘ladi.

Myuller bilan bog‘liq vaziyat nemis muxlislarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda. 35 yoshli faxriy hech qachon boshqa klubda o‘ynamagan va uning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Myuller shartnomadagi vaziyat bo‘yicha o‘zining o‘ziga xos hazil tuyg‘usini saqlab qolganiga qaramay, jurnalist Kristian Falkning yozishicha, nemis "Bavariya" rahbariyati shartnomani uzoq muddatga uzaytirish bo‘yicha aniq taklif bermaganidan hafsalasi pir bo‘lgan va xafa bo‘lgan.

U shu hafta klub rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda. Ammo hozircha nemis matbuotiga ko‘ra, "Bavariya" Myullerga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun faqat qisqa muddatli uzaytirishni taklif qilishga tayyor.

Myuller bu mavsumda "Bavariya" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:21, 31.03.2025.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик