Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" forvardi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

"Yuventus" forvardi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Baho:
+ | -

“Yuventus” hujumchisi Arkadiush Milik yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin. Jarohati tufayli 31 yoshli polshalik futbolchi joriy mavsumda bir marta ham maydonga tushmadi.

Forvardning turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, ammo klub rahbariyati shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqida o‘ylamoqda.

Futbolchi kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. "Yuventus" Arkadiush Milikni 2023 yilda Fransiyaning "Marsel" klubidan sotib olgan va transfer uchun 7 million yevrodan ko‘proq pul to‘lagan.

O‘tgan mavsumda polshalik "keksa sinyora" safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda 8 ta gol urgan.

Kiritildi: 08:53, 01.04.2025.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик