Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

Superliga. 3-tur o‘yinlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun jazolar tayinlandi

Superliga. 3-tur o‘yinlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun jazolar tayinlandi

Baho:
+ | -

27-29 mart kunlari Superliga 3-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda faoliyat olib borgan Liga komissarlari rasmiy o‘yinni tashkil etish masalasida qator kamchiliklarni qayd etdi.

"Xorazm" - "Buxoro" - 1:4

Uchrashuv yakunida "Xorazm" klubi rahbari Ro‘zimboy Ahmedov hamda "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Liga har ikki klub o‘rtasidagi prinsipiallikni hurmat qiladi va mutaxassislarni sabrli bo‘lishga chaqiradi. Mazkur ish O‘FA tegishli qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, "Xorazm" futbol klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17-bandiga amal qilmagani uchun jarimaga tortiladi.

"Qizilqum" - OKMK - 1:3
"Qizilqum" klubi reglamentning 16.24-bandiga bee’tibor bo‘lgani uchun rasman ogohlantiriladi. Kelgusida bu kabi holat jarima intizom chorasi qo‘llanilishiga olib keladi.

"Bunyodkor" - "Surxon" - 3:1
"Surxon" murabbiyi Stanislav Kudryashov Liga komissarining qator ogohlantirishlariga qaramay, reglamentning 16.22-bandiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan. Mutaxassis bilan bu kabi holat birinchi bor kuzatilmagan. Shuning uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi. Holat takrorlansa, uning kelgusi uchrashuvlarda texnik zonaga qo‘yilmasligi masalasi kun tartibiga kiritiladi.

"Navbahor" - "Andijon" - 2:2

Uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Navbahor" a’zosi Shohmalik Komilov mehmon jamoa muxlislariga nisbatan provokasion harakatni amalga oshirdi va kichik tartibsizlik kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi. Liga bu kabi holatlar javobsiz qolmasligini ta’minlaydi. Keyinroq futbolchi mehmon jamoa muxlislari joy olgan sektorga yaqinlashib, ulardan rasman uzr so‘radi. Liga Komilov o‘z xatosini tushunganini qadrlaydi, shuningdek, reglament oldida hamma birdek javobgar ekanidan kelib chiqib, unga nisbatan O‘FA tegishli qo‘mitasining qarori chiqariladi.

Uchrashuv yakuni arafasida "Navbahor" futbolchisi Saidazamat Mirsaidov hamda "Andijon" darvozabonlari murabbiyi Qobiljon Olimjonov o‘rtasidagi janjal masalasi ham O‘FA tegishli qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

"Navbahor" klubi uchrashuvni tashkil qilishda Liga komissari vazifasini qiyinlashtiruvchi, texnik zona yuklamasiga sabab bo‘luvchi qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi. Jumladan, OAV uchun mo‘ljallangan media tribunadan butkul begona shaxslar joy oldi va ular komissar ogohlantirishiga bepisand munosabatda bo‘lib, qo‘pollik qilgan, jurnalistlar erkin ishlashi uchun xalal bergan. Ikkinchi bo‘limda texnik zonani boshqarish qiyinlashib, mezbon klub vakillari tomonidan qator tartibsizlik sodir etilgan.

"Navbahor" klubi vakili Abdurauf G‘ulomov maydon atrofida o‘zini nomunosib tutgan, qo‘shimchasiga, uchrashuv yakuni bilan texnik zonada tamaki chekishni boshlagan. Mazkur holatlar inobatga olinib, "Navbahor" mezbonligida o‘tgan uchrashuvdagi holatlar qo‘mitada ko‘rib chiqiladi.

"Paxtakor" - "Dinamo" - 0:1

"Paxtakor" fan-klubi a’zosi rasmiy tadbir boshlangan vaqtda o‘z farzandi bilan maydonga tushib kelgan va uni maydon fonida suratga olgan. Mazkur holatga klub xavfsizlik ofiseri hech qanday munosabat bildirmagan.

"Paxtakor" futbol klubi reglamentning 16.4-bandiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lgan va uchrashuv Countdown’iga amal qilmagan. Mazkur ikki holatdan kelib chiqib, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

"Mash’al" - "So‘g‘diyona" - 1:0

"Mash’al" klubining darvozabonlar murabbiyi Eldor Isaboyev, klub ma’muri Farhod Yorov, shuningdek, "So‘g‘diyona" murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev reglamentning 16.22-bandiga amal qilmagani uchun jarimaga tortiladi.

"Mash’al" texnik direktori Dilyaver Vaniyev reglamentning 16.30-bandi yuzasidan rasman ogohlantiriladi. Klub mutaxassis xatti-harakatlariga nisbatan tushuntirish berishi so‘raladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:33, 01.04.2025.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz