Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mareska: "Ishonchim komilki, bir kun kelib "Chelsi" APLning eng kuchli klublariga yetib oladi"

Mareska: "Ishonchim komilki, bir kun kelib "Chelsi" APLning eng kuchli klublariga yetib oladi"

Baho:
+ | -2

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Enso Mareska jamoasining kuchi va kelajagi haqida gapirdi.

Italiyalik murabbiy uchun "ko‘klar" yetakchiligidagi debyut mavsum o‘zgaruvchan muvaffaqiyat bilan o‘tmoqda: ajoyib start pasayish bilan almashdi va hozirda londonliklar Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Bu yerga kelganimning boshidanoq bu jamoa g‘alaba qozonish uchun yetarli darajada ekanligiga amin bo‘ldim. Menda hech qanday shubha yo‘qki, bir kun kelib - o‘yindan-o‘yinga, oydan-oyga, mavsumdan-mavsumga - biz APLning eng yaxshi klublariga yaqinlashamiz, hozirgi oradagi farqni qisqartiramiz," - deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.

Kiritildi: 13:00, 02.04.2025.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик