Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Buxoro»ni mag‘lub etdi va peshqadamga aylandi

Superliga. «Bunyodkor» Toshkentda «Buxoro»ni mag‘lub etdi va peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Buxoro" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi bahs tomonlarning kelishuvi asosida Toshkentga ko‘chirilgan edi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq "Bunyodkor" tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Jamoa o‘yinni yuqori tempda boshlab, to‘pni nazorat qilishga harakat qildi. "Buxoro" esa asosan qarshi hujumlarda raqibni qiyin ahvolga solishga urindi.

25-daqiqada "Bunyodkor" futbolchisi Hamrobekovdan xavfli zarba yo‘llandi, ammo darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni ushlab qoldi. Shundan so‘ng o‘yin asosan markazda kechdi, har ikki jamoa ham darvoazaga aniq zarbalar yo‘llashda qiyinchilikka uchradi. 41-daqiqada hakam VAR'ga murojaat qildi, biroq o‘yin davom ettirildi. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi va taym 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni har ikki jamoa faol boshladi. 55-daqiqada "Bunyodkor" futbolchisi Luis raqib himoyachisining xatosidan keyin yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq uning zarbasini darvozabon qaytardi.

78-daqiqada "Bunyodkor" kutilmagan holatda hisobni ochdi. "Buxoro" himoyachisi Frane Ikich o‘z darvozasiga gol urgan holda hisobni 0:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bu goldan so‘ng "Buxoro" jamoasi faollikni oshirdi, biroq 87-daqiqada "Bunyodkor" ikkinchi golni urdi. Boburbek Yo‘ldoshev raqib himoyasining xatosidan foydalanib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "Buxoro" jamoasi gol urishga harakat qilgan bo‘lsa-da, "Bunyodkor" g‘alabani saqlab qoldi va o‘z ochkolarini 10 taga yetkazib, Superliga peshqadamiga aylandi.

Superliga. 4-tur
"BUXORO" - "BUNYODKOR" - 0:2 (0:0)
Gollar: Frane Ikich (78-avtogol), Boburbek Yo‘ldoshev (87)
"Buxoro": Abdullayev, Po‘latov, Frane, Kalakovich (Marko Kolakovich, 74), Chiryak (Muhammad Safo Fozilov, 72), Yuldashev, Tomashevich, Ro‘ziyev, Xayrullayev (Husayn Ergashboyev, 85), Norxonov (Asilbek Qayumov, 85), Begich (Bilol Tupliyev, 57).
"Bunyodkor": Abdunabiyev, Rahimjonov (Azizbek To‘lqinbekov, 89), Normurodov, Yo‘ldoshev (Rasul Yo‘ldoshev, 78), Bugarin, Sroler (Martin Shroler, 78), Mali (Aleksandr Zevadinov, 90), Hamrobekov, Ashortia (Muzaffar Olimjonov, 78), To‘raqulov (Azizbek Omonov, 46), Kachorri.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:05, 04.04.2025.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.