Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rossiya chempionati. "Rubin" safarda 1 kishi kam bo‘lib, 1 ochko ishlab oldi. Ashurmatov so‘nggi soniyalarda maydonga tushdi

Rossiya chempionati. "Rubin" safarda 1 kishi kam bo‘lib, 1 ochko ishlab oldi. Ashurmatov so‘nggi soniyalarda maydonga tushdi

Baho:
+ | -

"Krilya Sovetov" o‘z maydonida RPL 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Rubin" bilan durang o‘ynadi - 1:1.

Samaraliklar safida Ivan Sergeev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Hujumchi 16-daqiqada gol urdi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida "Rubin" himoyachisi Yegor Teslenko maydondan chetlatildi.

Mehmonlar 88-daqiqada Valentin Vadaning penaltidan urgan goli evaziga 1 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov 90+4-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Krilya Sovetov" (23 ochko) RPLda o‘ninchi o‘rinda bormoqda. "Rubin" (33) turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda qoldi.

Kiritildi: 18:48, 05.04.2025.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик