Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" 4 million yevroga Oblakga o‘rinbosar sotib olmoqchi

"Atletiko" 4 million yevroga Oblakga o‘rinbosar sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi sloveniyalik Yan Oblak bilan xayrlashish uchun yangi darvozabon qidirishga kirishdi. Jamoaning hozirgi birinchi raqamli posboni kelasi yozda "matraschilar"ni tark etishi ehtimoli yo‘q emas.

Todofichajes portali xabariga ko‘ra, "Xetafe"ning 32 yoshli darvozaboni David Soriya Madrid top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Darvozabonning transfer narxi to‘rt million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Soriya 30 ta o‘yin o‘tkazdi. Darvozabon 25 ta to‘p o‘tkazib yubordi va to‘qqizta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 12:10, 10.04.2025.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик