Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti"ning mavsumlar oralig‘idagi dastlabki transfer maqsadlari ma’lum bo‘ldi

"Manchester Siti"ning mavsumlar oralig‘idagi dastlabki transfer maqsadlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" mavsumlar oralig‘ida chap qanot himoyachisining muammoli pozisiyasini yopishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, asosiy da’vogarlar "Tottenxem" himoyachisi Destini Udogi va "Yuventus" a’zosi Andrea Kambyaso hisoblanadi.

Joriy mavsumda Udogi klublar o‘rtasidagi barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. 22 yoshli futbolchining transfer narxi 45 mln yevroni tashkil etadi.

Kambyasoning hisobida 36 ta o‘yin, ikkita gol va uchta golli uzatma bor. U bilan kelishuv 2029 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi va futbolchining narxi 40 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:30, 10.04.2025.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик