Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Superliga. «Bunyodkor» o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

Superliga. «Bunyodkor» o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan 5-tur bellashuvida hisob ochilmadi. «Bunyodkor» o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda muhim 2 ochko yo‘qotdi.

"Bunyodkor" to‘pni ko‘proq nazorat qilgan va tashabbus ko‘proq ularda bo‘lganiga qaramay, muhim yutuqqa erisholmadi.

O‘yin faol ruhda boshlandi. 10-daqiqalar atrofida Martin bir necha marta uzoq masofadan zarbalar yo‘lladi, biroq ular noaniq bo‘ldi. Uning keyingi harakatlarida ham to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirish muvaffaqiyatsiz tugadi. Birinchi taym 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor” yanada faol harakat qildi. Jamoa murabbiyi bir nechta almashinuvlar bilan o‘yinga yangi kuch bag‘ishlashga urindi: Muzaffar Olmjonov, Azizbek Omonov, Temurxo‘ja Abduxoliqov kabi futbolchilar maydonga tushirildi. Abduxoliqov bosh bilan yo‘llagan zarba ustunga tegdi — bu, albatta, eng xavfli vaziyatlardan biri bo‘ldi.

Bundan tashqari, Omonov va Najmiddin ham zarbalar yo‘lladi, ammo ular ham samara bermadi. E’tiborli jihat shundaki, 80-daqiqadan so‘ng Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydondan chetlatildi — bu esa “Bunyodkor”ning so‘nggi daqiqalardagi hujumlarining sustlashishiga olib keldi.

Qo‘shimcha qilingan 7 daqiqada ham natija o‘zgarmadi va jamoalar ochkolarni bo‘lib olishdi.

"Bunyodkor" 11 ochko bilan vaqtinchalik bo‘lsa-da yaqqol peshqadamga aylangan bo‘lsa, "Qizilqum" 4 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi.

Superliga, 5-tur
"Bunyodkor" – "Qizilqum" 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:57, 12.04.2025.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик