Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Brunu Fernandesh: «Jamoadoshlarim xafsalamni pir qildi»

Brunu Fernandesh: «Jamoadoshlarim xafsalamni pir qildi»

Baho:
+2 | -

«Manchester Yunayted» jamoasining yarimhimoyachisi va sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvdagi yirik mag‘lubiyat (1:4) haqida fikr bildirdi.

«Jamoadoshlarimdan faqat shu bois ranjidimki, men ularning qanchalik kuchli ekanini bilaman. Bu klub sharafini himoya qilish qanday og‘ir ekanini tushunaman. Ular chin dildan jamoaga foyda keltirishni, g‘alaba qozonishni istaydi, chunki agar "Manchester Yunayted" bilan muvaffaqiyatga erishishsa, tarixda qanday eslashlarini bilishadi.

Buni baholash qiyin — biz yutqazdik. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik, lekin ikkinchi bo‘limda shunchaki davom ettira olmadik. Bu mavsum biz uchun juda og‘ir kechmoqda, ko‘p narsa deyish qiyin. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz klub maqomiga to‘g‘ri kelmaydi, afsuski, biz kerakli natijalarga erisha olmayapmiz. Oldinga qarash kerak — oldimizda muhim o‘yin bor, boshni "tozalash" va kurashish zarur», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi "Mirror" nashri.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida 38 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:44, 14.04.2025.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.