Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sancho: "Chelsi"ni oltita final kutmoqda"

Sancho: "Chelsi"ni oltita final kutmoqda"

Baho:
+ | -1

"Chelsi" futbolchisi Jeydon Sancho "Ipsvich"ga qarshi o‘yin va mavsumning qolgan qismidagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

"Ko‘klar" o‘z uyida autsayderlardan birini mag‘lub eta olmadi - 2:2. Enso Mareska jamoasi Premyer-liga turnir jadvalida 32-turdan so‘ng oltinchi o‘rinda bormoqda.

"Natijadan qoniqmadik. Menimcha, yaratilgan vaziyatlar sonini hisobga olsak, kamida to‘rtta gol urishimiz kerak edi. "Ipsvich" darvozaboni oldida shlyapamni yechaman, u bir nechta aql bovar qilmaydigan qutqaruvlarni amalga oshirdi.

Biz Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiramiz, qolgan oltita o‘yin juda muhim bo‘ladi. Bundan buyon har bir o‘yin - final," - deya Sanchoning so‘zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.

Kiritildi: 08:53, 14.04.2025.
O'qildi: 833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.