Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OFK prezidenti Osiyo kubogi-2031 va Osiyo kubogi-2035 mezbonlarini bir vaqtda aniqlashni taklif qildi

OFK prezidenti Osiyo kubogi-2031 va Osiyo kubogi-2035 mezbonlarini bir vaqtda aniqlashni taklif qildi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 2031 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishga rekord darajada — yettita mamlakat qiziqish bildirganini tasdiqlab, 2031 va 2035 yilgi musobaqalarga mezbonlik huquqini birgalikda aniqlashni taklif qildi.

Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning qo‘shma arizasi OFKga musobaqaga mezbonlik qilish istagini o‘tgan oyda belgilangan muddatga qadar bildirgan.

Shayx Salmon shanba kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan OFKning yillik kongressida shunday dedi:  

"Mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, 2031 yilgi Osiyo Kubogi uchun ariza berish jarayoni tarixdagi eng yuqori qiziqishni qayd etdi — yettita nomzod o‘z niyatini bildirdi. Bu ajoyib qiziqish Osiyo futboli uchun yorqin kelajakdan darak beradi va qiziqish bildirgan barcha a’zo assosiasiyalarga chuqur minnatdorchilik bildiraman".

Osiyo Kubogi ilk bor 1956 yilda Gonkongda o‘tkazilgan. Hindiston haligacha turnirga mezbonlik qilmagan, Janubiy Koreya esa so‘nggi marta 1960 yilda musobaqani qabul qilgan.  

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hech biri — 1994 yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng OFK a’zosi bo‘lgan davlatlar — hozirgacha turnir finaliga mezbonlik qilmagan.

Hozircha g‘olib arizani tanlash sanasi belgilanmagan, ammo shayx Salmon 2035 yilgi musobaqaga ham mezbonlik huquqini bir vaqtda aniqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni xohlamoqda.

"Men OFK ma’muriyatidan 2031 va 2035 yilgi musobaqalarni qabul qilish bo‘yicha arizalarni bir kongressda tasdiqlash imkoniyatini o‘rganishlarini so‘radim. Bu mezbon assosiasiyaga tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt beradi va standartlarimizni yanada yuksaltirish imkonini yaratadi," — dedi u.

Osiyo Kubogi 24 ta jamoa ishtirokida har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Keyingi musobaqa 2027 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Qatar 2024 yil boshida — Xitoy musobaqani o‘tkazishdan voz kechganidan so‘ng — so‘nggi turnirga mezbonlik qildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:27, 15.04.2025.
O'qildi: 9187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.