Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Islombek Ismoilov: "KXDR – yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa"

Islombek Ismoilov: "KXDR – yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Islombek Ismoilov:

— Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o‘yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o‘yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo‘ldik. Bir qancha taktik xatolar ham kuzatilgan, biroq ularga qarshi oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalanib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Turnir davomida jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin va futbolchilar motivasiyasi haqida

— Musobaqa davomida ko‘rsatayotgan o‘yinimiz faqat motivasiya samarasi emas, murabbiylar shtabi va jamoa shifokorlari katta hajmda mehnat qilmoqda. Toif shahri dengiz sathidan deyarli 1900 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda futbol o‘ynash oson emas. Futbolchilar doimiy ravishda intensiv va yuqori darajada o‘ynay olishlari uchun birinchi navbatda to‘g‘ri tayyorgarlik muhim o‘rin tutadi. Har bir uchrashuvdan oldin va keyin futbolchilarimiz bilan ham taktik, ham psixologik suhbatlar o‘tkazamiz. Erishayotgan natijalarimiz jamoa mehnati samarasidir.

Har ikki jamoa musobaqada ko‘p gol urayotgani haqida

— Ikki hujumkor jamoa o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. Bizning o‘z strategiyamiz va tanlagan yo‘limiz bor. Maqsadimiz doim hujumkor futbol namoyish etish. O‘z himoyamizni raqibning uchinchi zonasida qurishga harakat qilamiz. Bu shuni anglatadiki, jamoamiz doimiy ravishda yuqori pressingda harakat qiladi. Biz yillar davomida aynan shu uslub uchun harakat qildik. Har qanday raqibga qarshi o‘yin uslubimizni o‘zgartirmaymiz. To‘g‘ri, o‘yinning borishiga qarab futbolchilarning maydondagi harakatlariga biroz o‘zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Lekin asosiy g‘oyamiz o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, raqibning kuchli hujum chizig‘ini to‘xtatishga va o‘zlari uchun qulay uslubda harakat qila olmasligi uchun harakat qilamiz.

Sadriddin Hasanov:

— Ertaga KXDR jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Uchrashuvga yuz foiz tayyormiz. Nasib qilsa, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz yo‘lida hech bir jamoa to‘siqinlik qila olmaydi. Murabbiylarimiz ko‘rsatmasi bilan har bir uchrashuvda borimizni beramiz va o‘zimizga yuklatilgan vazifalarni mukammal tarzda bajarishga harakat qilamiz.

Manba: UFA
Kiritildi: 16:27, 16.04.2025.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.