Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya - Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl - Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo - Selta
20/12 20:00 Bornmut - Byornli
20/12 20:00 Brayton - Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton - Brentford
20/12 20:15 Levante - Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni taslim etib, finalga chiqdi!

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni taslim etib, finalga chiqdi!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim final bosqichi doirasida KXDRga qarshi bahs olib bordi. Islom Ismoilov shogirdlari mazkur o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Shimoliy koreyaliklar o‘yin boshida darvozamiz tomon bosim uyushtirishga harakat qilishdi. Ammo 26-daqiqada vakillarimiz penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi — raqib himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida Hasanovni tepib yiqitdi. 11 metrli nuqta yoniga terma jamoamiz sardori Bahodirxonov yaqinlashdi. Biroq uning zarbasini KXDR posboni qaytardi. Qaytgan to‘pni Erimbetov yetib keldi va koreyalik futbolchi o‘z darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda Azizbek Erimbetov hali penalti tepilmasidan avval jarima maydoniga kirib ketgani uchun gol inobatga olinmadi.

Shunga qaramay, o‘smirlarimiz keyingi hujumni gol bilan yakunlashdi. Sadriddin Hasanov jarima maydoniga kirdi va himoyachilarni chalg‘itib 15 metrlardan qaytarib bo‘lmas zarba berdi — 1:0.

Bahsning 41-daqiqasida KXDR yarim himoyachsi Kang Myong Bom ikkinchi ogohlantirishni olib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan tushirilgan futbolchilarimiz O‘zbekistonning o‘yinini kuchaytirishdi. 63-daqiqada Jamshidbek Rustamov olis yetkazilgan uzatmani o‘ziga chiroyli bo‘sundirdi va yakkama-yakka vaziyatda KXDR darvozasini ishg‘ol qildi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib esa Hasanovning say-harakatlari evaziga hisob yirik ko‘rinishga keldi. Uning uzatmasidan keyin Shukurullayev yaqin masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning keyingi daqiqalarida jamoamiz hisobni ushlashga harakat qilgan bo‘lsa-da, hisobni yanada yiriklashtirishi mumkin edi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi finalda mezbon — Saudiya Arabistoniga qarshi to‘p tepadi. Jamoamiz guruh bosqichida bu jamoani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

U17 Osiyo kubogi, yarim final
O‘ZBEKISTON - KXDR - 3:0 (1:0)
Gollar: Sadriddin Hasanov (32), Jamshidbek Rustamov (63), Abubakir Shukurullayev (65)
Noaniq penalti: Bahodirxonov (28, darvozabon)
Chetlatish: Kang Myong Bom (41, ikkinchi ogohlantirish)
O‘zbekiston U17: Rustamjonov, Hakimov, Bahodirxonov (s), Abdukarimov, Hasanov, Habibullayev (Abdullayev 77), Sodiqov (Rustamov 46), Musaxonov, Shukurullayev (Abdumo‘minov 77), Erimbetov (Fazliddinov 85), Asilbek Aliyev (Sarsenbayev 61)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:27, 18.04.2025.
O'qildi: 10230 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.