Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasi raisi etib saylandi

Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasi raisi etib saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 18 aprel kuni Sport vazirligi majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdan tashqari konferensiyada O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasining faoliyati ko‘rib chiqildi.

Konferensiya davomida mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, mahoratli sportchilarni tayyorlashda talaba-sportchilarning o‘rni, oliygohlardagi mavjud sport infratuzilmasining holati tahlil etildi.

Bildirilgan fikrlar va takliflar asosida oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasining raisi etib saylandi.

Aytish lozim, O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasi 2018 yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida 26 ta olimpiya sport turi bo‘yicha 591 ta sport klubi hamda 721 ta sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Yurtimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga davlat darajasida e’tibor qaratilishi natijasida Talabalar sport harakati yangi bosqichga ko‘tarildi. “Universiada”, “Barkamol avlod” musobaqalari bilan bir qatorda, “Talabalar ligasi”, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talaba yugur” va “Rektor kubogi” kabi ommaviy musobaqalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

Konferensiyada ta’kidlanganidek, bundan buyon barcha ta’lim yo‘nalishlaridagi 1-bosqich talabalari uchun 4 kreditli “Jismoniy tarbiya” fani joriy etiladi. Sport klublari va to‘garaklar faoliyatini boshqarish uchun yagona raqamli platforma va mobil ilova yaratiladi. Yagona elektron platforma orqali musobaqalar taqvimi, baholash tizimi joriy etiladi va bu “Hemis” dasturiga integrasiya qilinadi.

Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir sport to‘garagi rahbarini moddiy rag‘batlantirish va talabalarga sport faolligi uchun imtiyozlar berish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 09:36, 19.04.2025.
O'qildi: 469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик