Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini e’tirof etdi

FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini e’tirof etdi

Baho:
+3 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida tarixiy natija qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. FIFA rasmiy sayti jamoamizning ushbu muvaffaqiyati haqida maqola e’lon qildi.

O‘zbekiston 9 nafar futbolchi bilan Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, Osiyo kubogida zafar quchdi. Qiziq jihati shundaki, Jamoa tarkibidagi hujumchi Nurbek Sarsenbayev va himoyachi Miraziz Abdukarimov birinchi bo‘lim oxirida maydondan chetlatilganiga qaramay, ikkala gol ham aynan shundan so‘ng kiritildi.

Turnir davomida a’lo darajada o‘ynagan Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoa Toif shahridagi "Qirol Fahd" stadionida hujumkor o‘yin ko‘rsatishda davom etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida himoyachi Muhammad Hakimov penalti orqali hisobni ochdi, 70-daqiqada esa qanot hujumchisi Sadriddin Hasanov chiroyli harakatlari evaziga g‘alabani mustahkamladi. Hasanov bu turnirda ko‘rsatgan yuqori saviyali o‘yini uchun musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.

O‘zbekiston so‘nggi sakkizta qit’a turnirining yettitasida kamida chorak finalgacha yetib borgan va 2023 yilda Indoneziyada o‘tgan so‘nggi jahon chempionatida ham shu bosqichgacha yetib kelib, yaxshi taassurot qoldirgandi, — deyiladi FIFA xabarida.

Kiritildi: 13:21, 21.04.2025.
O'qildi: 5348 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.