Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Reshfordning kelajagi qachon hal bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Reshfordning kelajagi qachon hal bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Markus Reshfordning kelajagi faqat mavsum yakunida ma’lum bo‘ladi.

The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Aston Villa" ijara muddati yakunlanganidan so‘ng "MYU" forvardini to‘laqonli transfer qilmoqchi. O‘z navbatida, mankunianliklar APL moliyaviy qoidalariga yaxshiroq rioya qilishlarini ta’minlashlari kerak - bundan tashqari, Amorim kelajakda Reshfordga umid qilmasa kerak.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, "MYU" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda, biroq muzokaralar murakkabligi tufayli uni Reshford transferiga qo‘shish varianti ehtimoldan yiroq.

Reshfordning o‘zi esa "Aston Villa"dagi mavqeidan, jamoa va bosh murabbiy Unai Emeri bilan munosabatlaridan mamnun. Biroq Markus va uning atrofidagilar yozgacha kelajakni muhokama qilishni rejalashtirmayapti, chunki futbolchi mavsumning qolgan qismida va Angliya kubogi hamda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga e’tibor qaratmoqda.

Reshford qishki transferlar vaqtida "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tdi. Birmingemliklar safida 17 ta o‘yinda u 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:15, 23.04.2025.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.