Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" sobiq murabbiyi "Milan"ga Yovich bo‘yicha maslahat berdi

"Inter" sobiq murabbiyi "Milan"ga Yovich bo‘yicha maslahat berdi

Baho:
+ | -

"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni "Milan"ni hujumchi Luka Yovichni saqlab qolishga chaqirmoqda.

Yaqinda serbiyalik futbolchi kubok yarim finalida Milan derbisida dubl qayd etib, butun Italiyani o‘zi haqida gapirishga majbur qildi. "Rossonerilar" 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Hujumchining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi - u tez orada erkin agentga aylanishi mumkin.

"Jamoada qimmatbaho yangi futbolchi Ximenes borligiga qaramay, Yovichga ishonib, unga imkoniyat bergani uchun Konseysauga tahsin aytaman. "Milan" o‘rnida bo‘lganimda Lukani ushlab qolgan bo‘lardim. Uni tekinga qo‘yib yuborish katta xato," - deya Stramachchoni so‘zlarini keltiradi Milan Posts.

Kiritildi: 08:49, 25.04.2025.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик