Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim Osimxenni asosiy transfer maqsadiga aylantiradi

Amorim Osimxenni asosiy transfer maqsadiga aylantiradi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy"da ijara asosida o‘ynayotgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Osimxenni yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylantirdi, deya xabar beradi Mirror. Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar"ning kelishuvga erishish imkoniyati juda yaxshi, chunki "Chelsi" Osimxen uchun kurashdan chiqib ketgan.

26 yoshli nigeriyalik joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 35ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:53, 27.04.2025.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик