Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz Ozarbayjonda bahslashmoqda

Akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz Ozarbayjonda bahslashmoqda

Baho:
+ | -

Ozarbayjonning Mingechaur shahrida akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha an’anaviy “President cup – 2025” xalqaro regatasi start oldi.

Unda Yevropa, Osiyo, Afrikaning 20 ta davlatidan tashrif buyurgan 200 dan ziyod eshkak eshuvchilar ishtirok etmoqda. Quvonarlisi ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bor.

Nufuzli musobaqada Luiza G‘afurova qo‘l ostidagi akademik eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz tarkibidan Sarvar Mamarasulov, Laziz Qo‘chqorov, Akmal Yo‘ldoshev va Elbek To‘raqulov o‘rin olgan bo‘lib, g‘oliblik da’vosida bahslarga kirishdi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, jamoamiz murabbiyi L.G‘afurova 3-6 may kunlari Boku shahrida va 6-9 may kunlari Istanbulda o‘tadigan xalqaro seminarlarda ham qatnashadi.

Darvoqe, 2 may kuniga qadar davom etadigan “President cup – 2025” xalqaro regatasi doirasidagi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlarda Danil Kryukov, Maksim Ivliyev, Zafar Baxtiyorov va Behruz Ergashevdan tashkil topgan jamoamiz murabbiy Sherzod Abdurahimov boshchiligida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi “President cup – 2024” xalqaro regatasida Behruz Ergashev kanoeda eshkak eshishda 200, 500 va 1000 metr masofalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Akademik eshkak eshishning yakkalik dasturida Jamol Turg‘unov oltin va Laziz Qo‘chqorov kumush, baydarkada eshkak eshishda Marsel Xalilov bronza medaliga ega chiqqan edi.

Juftliklar yo‘nalishining baydarka qayig‘ida o‘tgan ming metr masofadagi bahslarda Ivan Gerasimenko/Aziz G‘aybullayev tandemi, akademik eshkak eshishda Jamol Turg‘unov/Kamol Rahimov hamda Laziz Qo‘chqorov/SHahriyor G‘aybullayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olgan edi.

Kiritildi: 16:42, 29.04.2025.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.