Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: “Futbolda mahoratdan tashqari xohish ham muhim rol o‘ynaydi”

Aleksandr Xomyakov: “Futbolda mahoratdan tashqari xohish ham muhim rol o‘ynaydi”

Baho:
+ | -

«Lochin» – «Andijon» (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— «Lochin» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular harakat qilishdi, ular chidashdi va o‘z maqsadiga erishishdi. Keyingi o‘yinlarda jamoaga omad tilayman.

— «Andijon»ga nima bo‘ldi? Jamoa amaldagi Kubok egasi edi. Ammo bu safar guruhdan ham chiqa olmadi.

— Nima ham deyman? Biz uchun o‘yinlar juda qiyin kechyapti, Kubok uchrashuvlarida. Omad biz tomonda bo‘lmadi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Futbol shunday o‘yinki, mahoratdan tashqari xohish ham juda katta muhim rol o‘ynaydi. Biror fikr bildirishim qiyin. Raqib oxirgi vaziyatda bor kuchi bilan harakat qildi va g‘alabani ilib ketdi. Yuqorida aytganimdek, futbolda xohish yuqori bo‘lsa, g‘alaba qozonish mumkin bo‘ladi.

— «Andijon» oldiga mavsum boshida uchta asosiy vazifa belgilab berilgandi. Birinchisi, Kubok finaliga chiqish, ikkinchisi chempionatda sovrindorlar qatoridan joy olish va uchinchisi OCHLda guruh bosqichidan chiqish. Lekin ko‘rib turibmizki, Kubokdan chiqib ketdi. Buni qanday izohlaysiz?

— Albatta, bu yerda muammolarni ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz. Himoyadagi va hujumdagi kamchiliklarni o‘rganib chiqamiz. Albatta, chempionatdagi o‘yinlarimizni yaxshilaymiz. Xalqaro uchrashuvlar uchun tajribamizni oshirgan holda maydonga chiqamiz.

— «Lochin» safida sizga manzur bo‘lgan futbolchi kim?

— Yo‘q, men asosan o‘z jamoamning o‘yinchilariga bor e’tiborimni qaratdim. Meni yordamchi murabbiylarim bor. Ular kim qanday harakat qilayotganini kuzatib borishadi. «Lochin» safida ilgari «Mash’al»da men bilan birga ishlagan 4 nafar futbolchi borligini bilaman. Futbolda mahorat bo‘lgani bilan kim xarakter ko‘rsatsa va xohishi yuqori bo‘lsa o‘sha g‘alaba qozonadi. Afsuski, bugun bizda o‘sha narsa bo‘lmadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:13, 29.04.2025.
O'qildi: 1120 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик