Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Bavariya" "Barselona" himoyachisini kuzatmoqda

"Bavariya" "Barselona" himoyachisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

"Bavariya" Ronald Arauxoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Himoyachi yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi, uning tovon puli 1 iyuldan 15 iyulga qadar qisqartirildi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u 65 million yevroni tashkil qiladi.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya" urugvaylik futbolchining transferini jiddiy o‘ylamoqda. Myunxen klubi murabbiylar shtabi va sport rahbariyati himoya chizig‘ini sifat jihatidan qayta qurish niyatida.

Hammasi Kim Min Chjening ketishiga bog‘liq bo‘ladi. Janubiy koreyalik futbolchiga “Yuventus”, “Chelsi” va “Nyukasl” klublari qiziqish bildirmoqda. "Bavariya" u bilan xayrlashishga va olingan daromadni yangi himoyachi sotib olishga sarflashga tayyor.

“Chelsi” va “Yuventus” ham Arauxoga qiziqmoqda. Muqobil variant sifatida myunxenliklar Jonatan Ta va Din Xeysen variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 22:53, 30.04.2025.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик