Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

"Bornmut" ustozi jamoaning yetakchi futbolchilari ketib qolishidan xavotirda emas

"Bornmut" ustozi jamoaning yetakchi futbolchilari ketib qolishidan xavotirda emas

Baho:
+ | -

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Din Xeysen, Milosh Kerkez va Antuan Semenyo kabi yulduzlariga katta klublarning qiziqishidan xavotirda emasligini aytdi.

"Bornmut" juda yorqin mavsumni o‘tkazmoqda, yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashmoqda va Iraola jamoasining bir qancha yulduzlari top-klublar nazariga tushdi.

Biroq, Iraola buni muammo deb hisoblamaydi va "Bornmut" kim bilandir xayrlashsa, harakat qilishga tayyorligiga ishonadi.

"O‘ylaymanki, oldingi yillardagidan farqi yo‘q, ayniqsa, jamoa yaxshi ishlayotganida. O‘tgan mavsum bizda ham shunday bo‘ldi. Biz ba’zi futbolchilar bilan nima bo‘lishini bilmasdik. Lloyd Kellini, keyin esa Dominik Solankeni yo‘qotdik.

Biz bu yozda nima bo‘lishini bilmaymiz, biz hali ham bor e’tiborimizni boshqa narsalarga qaratganmiz, lekin hozir bu futbolchilarning barchasi bizniki va hech narsa sodir bo‘lmasa, keyingi mavsumda ham bizniki bo‘lib qolishadi. Shuning uchun bu yoz avvalgilaridan farq qilmaydi deb o‘ylayman.

Biz tarkibni yaxshilashga va iloji bo‘lsa o‘yinchilarni qo‘shishga e’tibor qaratamiz va agar yaxshi taklif tushsa va ba’zi o‘yinchilarni qo‘yib yuborsak, biz bu vaziyatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu barcha klublar, ayniqsa unchalik yuqori darajada bo‘lmagan klublar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa", - dedi Iraola nashriga.

Kiritildi: 20:46, 02.05.2025.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.